Furni Asia · ombor · 21.09.2026

SAP miya,
RFID faqat qo'l

SAP Business One o'z o'rnida qoladi: hamma hujjat, qoldiq va narx o'sha yerda. RFID qatlami bitta ish qiladi — tovarni ko'radi. SAP dan faqat o'qiydi, unga hech narsa yozmaydi. Quyida teg qayerda tug'ilishi, qayerda o'chishi va SAP qaysi nuqtada tekshirishi.

Ikki qatlam

yuqorisi SAP — hujjat va haqiqat; pastki qatlam — skaner
SAP BUSINESS ONE — ASOSIY TIZIM hamma hujjat, qoldiq va narx shu yerda qoladi · Ammajonim va Ilyos aka ishi o'zgarmaydi ZakazOPOR / POR1 PrixodGRPO ZaprosOWTQ Invoys / chekOINV Qoldiq (Пачка)OITW · AvgPrice Inventarizatsiyaqo'lda, odam har 4 soat: tovar · qoldiq · ochiq zakaz har 15 daq: chek ↔ invoys RFID SAP ga YOZMAYDI RFID QATLAMI — SKANER KO'RADI, SERVER ESLAB QOLADI 01 XITOY Tovar zavoddan chiqadi teg hali yo'q 02 PRIXOD Pachkaga teg · zakaz bilan solishtirish SAP: ochiq zakaz ↔ skan 03 SKLAD · YECHEYKA Har kecha sanoq, xarita SAP: qoldiq ↔ teg soni 04 TORTISH Manzil belgilanadi → «yo'lda» SAP: ochiq zapros karobka teg tug'ildi zapros mashina 05 QABUL Do'kon skanlaydi yo'lda → omborda 06 DO'KON ZAL Kunlik sanoq · Geiger SAP: do'kon qoldig'i 07 KASSA Chek raqami yoziladi SAP: OINV tasdiqlaydi 08 DARVOZA Teg holatini so'raydi chek bormi? 09 MIJOZ Tovar chiqdi holat: chiqdi qabul sotildi chek jim ALARM chek yo'q — to'lanmagan vozvrat — teg qayta tiriladi, yangi teg kerak emas
Ko'k strelkalar faqat pastga qaraydi: SAP dan tovar, qoldiq, ochiq zakaz va invoys o'qiladi. Teskari yo'l yopiq — inventarizatsiya, prixod va o'tkazma hujjatlarini SAP da avvalgidek odam qiladi, RFID faqat ro'yxat beradi.

SAP bilan solishtirish qanday ishlaydi

eng nozik joy — o'lchov birligi
SAP · OITW 40,7 pachka 40 to'la + 1 ochilgan yuqoriga yaxlitlash Kutilgan teg 41 ta ochilgan pachkada ham teg bor solishtirish Skaner topdi 39 ta 2 pachka yetishmaydi farq = topilgan − kutilgan = 39 − 41 = −2 pachka −2 × $68,85 (SAP tannarxi) = −$137,71 kamomad
SAP da birlik «Пачка» va qoldiq kasrli bo'lishi mumkin — pachka ochilganda 40,7 bo'lib qoladi. Jismonan esa ochilgan pachka ham polkada turadi va unda ham teg bor, shuning uchun kutilgan teg soni yuqoriga yaxlitlanadi. Bu bo'lmasa har ochilgan pachka soxta «ortiqcha» bo'lib chiqardi.

Darvoza nimaga qarab qaror qiladi

teg fizik o'lmaydi — qaror serverda
Teg holatiQachon shunday bo'ladiDarvozada
sotildi / chiqdiKassa chek raqami bilan sotgan ✅ jim o'tadi
yo'lda — o'z ombori eshigiTortish qilingan, mashinaga yuklanmoqda ✅ o'tadi
yo'lda — boshqa eshikDo'konga keldi, lekin qabul qilinmagan 🚨 QABUL QILINMAGAN
ombordaPolkada turibdi, sotilmagan 🚨 TO'LANMAGAN
yo'qolganSanoqda topilmagan, keyin eshikda paydo bo'ldi 🚨 YO'QOLGAN
bog'lanmagan bizning tegPrixodda bog'lanmay qolgan 🚨 + jurnalga
begona tegMijozning boshqa do'kondan kelgan tovari jim, jurnalda qoladi

To'qqiz bosqich

yashil — dastur tayyor · sariq — uskuna kutilmoqda
01 · XITOY

Zavoddan chiqish

Teg hali yo'q. Eng arzoni — zavodning o'zi yopishtirib bersa.

SAP: zakaz ochiq turadi keyinroq
02 · PRIXOD

Teg tug'iladi

Pachkaga yorliq, ichiga tovar kodi. Skan ochiq zakaz bilan solishtiriladi: kelgan · yetishmagan · ortiqcha.

SAP: OPOR/POR1 o'qiladi · GRPO odam qiladi dastur bor, uskuna yo'q
03 · SKLAD

Yecheykaga bog'lanish

Past quvvatda sweep. Sanoqda topilmagan teg «yo'qolgan» bo'ladi — shusiz kamomad hech qachon ko'rinmasdi.

SAP: OITW qoldig'i bilan solishtiriladi dastur tayyor
04 · TORTISH

Do'konga jo'natish

Manzil tanlanadi, teg «yo'lda» bo'ladi. Jo'natuvchi ombor eshigidan o'tadi, boshqa eshikda ushlanadi.

SAP: ochiq zapros (OWTQ) ro'yxati dastur tayyor
05 · QABUL

Do'kon qabul qiladi

Kelgan tovar skanlanadi: «yo'lda» → «omborda», endi do'kon ombori. Qabul qilinmagani ro'yxatda qoladi.

SAP: o'tkazma hujjatini odam yopadi dastur tayyor
06 · DO'KON ZAL

Vitrina va padval

Kunlik sanoq 5–10 daqiqa. «Bu tovar qayerda?» — Geiger rejimi signal bilan topadi.

SAP: 01/02/03 ombor qoldig'i dastur tayyor
07 · KASSA

Sotuv va chek

Pachka o'quvchiga, chek raqami yoziladi. Chek yo'q yoki teg bog'lanmagan bo'lsa ilova ogohlantiradi.

SAP: OINV da chek bormi — har 15 daqiqada dastur bor, uskuna yo'q
08 · DARVOZA

Chiqishda tekshirish

Har teg serverdan so'raladi. Internet uzilsa oxirgi 48 soat keshi bilan ishlaydi.

SAP: bevosita aloqasi yo'q dastur tayyor
09 · MIJOZ

Chiqdi — yoki qaytdi

Vozvratda teg bir urishda «omborda»ga qaytadi va o'sha tegning o'zi qayta ishlaydi.

SAP: CreditNote odam tomonidan dastur tayyor

Uskuna qayerda turadi

BosqichUskunaNarxSoni
Prixod · sklad · do'konQo'l skaner (Android UHF PDA) 410–750 $1 → keyin 5
PrixodStol o'quvchi (0–7 m)150–250 $1
PrixodTeg printeri yoki tayyor kodlangan yorliq 165–2 200 $1
KassaUSB o'quvchi32–80 $har kassaga 1
DarvozaStatsionar o'quvchi750 $3
Hamma joydaUHF teg (pachkaga, donaga emas) 0,026–0,033 $300 692 = $9 021

Batafsil hisob va 18 haftalik reja — yo'l xaritasida.

Nima buzadi

Buni dastur hal qilmaydi — namuna sinovi hal qiladi.

Metall va folga

Zamok, knopka, teshik signalni yutadi. Teg pachka tashqarisiga; o'tmasa on-metal teg (2–3× qimmat).

Zich taxlangan karobka

Ichkaridagi teg o'qilmaydi. Sanoq karobka darajasida qoladi.

Qo'shni yecheyka

Skaner 8–15 m o'qiydi. Sanoqda quvvat 12 dBm ga tushadi, −60 dBm dan kuchsiz teg tashlanadi.

Qabul qilinmasa

Do'kon kelgan tovarni skanerlamasa, u «yo'lda» qoladi va eshikda ushlanadi. Panelda «yo'lda qolganlar» ro'yxati turadi.

Teg yulinishi

Yulib tashlangan tegni RFID ko'rmaydi. Bu kamera va post ishi.

Internet uzilishi

Skaner oflayn ishlaydi, yozuvlar navbatga tushadi. Darvoza 48 soatlik kesh bilan qaror qiladi.