Furni Asia · RFID · 21.09.2026

Dastur tayyor.
Endi 18 hafta va $16 261

Yo'l xaritasi SAP dagi haqiqiy qoldiq va tannarxdan hisoblangan: 889 609 pachka, $1 219 891. Hamma narsaga teg yopishtirish $26 688 turadi va kerak emas — quyida qayerda to'xtash kerakligi raqam bilan ko'rsatilgan.

Bugun qayerdamiz

100%
Dastur tayyor — APK v1.5, server, SAP ulangan, 9 ekran
0
Uskuna — bitta ham skaner, teg, printer yo'q
4 538
Tovar SAP dan o'qildi · 5 ombor qoldig'i har 4 soatda
?
Metall sinovi — hamma narsa shunga bog'liq

18 hafta

qizil chiziq — to'xtab qaror qabul qilinadigan joy
0 2 4 6 8 10 12 14 16 18 HAFTA 1 · Buyurtma skaner + 500 teg $900 2 · Yetkazish + tayyorgarlik ombor chizmasi · yorliq · o'rgatish Xitoydan 3–5 hafta · Toshkentdan 1 kun 3 · METALL SINOVI karobka tashqarisida 3–5 m 1 hafta · $0 4 · Pilot — A zonasi 120 yecheyka · 5 000 teg $150 5 · Butun sklad (04) 260 660 pachka · prixod oqimi $9 920 6 · 3 do'kon + kassa 40 032 pachka · 3 skaner $3 250 7 · Darvoza o'g'irlik nazorati QAROR: sinov o'tdimi?
Skaner Toshkentdan olinsa (Chainway C72 ≈ $600) 2-bosqich bir kunga tushadi va butun xarita 3 hafta oldinga suriladi. Xitoydan olish $110 arzon, lekin 3–5 hafta va bojxona xavfi qo'shiladi.

Bosqichlar

1-BOSQICH · 1-HAFTA

Buyurtma

$900

Bitta qo'l skaner, bitta stol o'quvchi (prixodda teg bog'lash uchun), 500 ta namuna teg — oddiy va on-metal aralash. Ko'p olmaymiz: sinov natijasi qaysi teg kerakligini aytadi.

natija: qutilar qo'lda · qaror: Toshkent $600 yoki Xitoy $490
2-BOSQICH · 2–5-HAFTA

Yetkazishni kutamiz, bo'sh o'tirmaymiz

$0

Ombor chizmasi olinadi va haqiqiy yecheyka kodlari yaratiladi (hozir sinov uchun A zonasi 120 ta). Yorliqlar bosiladi va polkalarga yopishtiriladi. Farrux ilovani Demo rejimda o'rganadi — skanersiz ham hamma ekran ishlaydi.

natija: yecheykalar belgilangan · xodim ilovani biladi
3-BOSQICH · 6-HAFTA

Metall sinovi — qaror nuqtasi

$0

Teg karobka tashqarisiga yopishtiriladi, 3–5 metrdan necha foiz o'qilishi o'lchanadi. Bizning tovar metall: zamok, knopka, teshik. Natija uch xil bo'ladi: >95% — davom etamiz, oddiy teg. 80–95% — metall guruhlarga on-metal teg (2–3× qimmat) qo'shiladi. <80% — faqat karobka darajasida ishlaymiz, yecheyka sanog'i baribir qoladi.

o'lcham: o'qish % · masofa · taxlangan karobka ichi
4-BOSQICH · 7–8-HAFTA

Pilot — bitta zona

$150

A zonasi: 120 yecheyka, faqat $1 dan qimmat tovarlar, ~5 000 teg. Har kecha sanoq, har kuni SAP bilan solishtirish. Bu yerda birinchi marta ko'rinadi: sanoq necha daqiqa oladi, qancha farq chiqadi, farq haqiqiymi.

o'lcham: sanoq daqiqasi · o'qish % · topilgan farq $
5-BOSQICH · 9–12-HAFTA

Butun sklad

$9 920

04 omborning $1 dan qimmat 260 660 pachkasi teglanadi ($7 820). Prixod oqimi yoqiladi: stol o'quvchi + printer ($1 500) yoki zavoddan kodlangan yorliq. Zaxira skaner ($600). Shu bosqichdan keyin sklad inventarizatsiyasi oyiga bir martadan har kechaga o'tadi.

o'lcham: prixod tekshiruvi vaqti · kunlik farq $ · ortiqcha zaxira
6-BOSQICH · 13–16-HAFTA

Uch do'kon va kassa

$3 250

01/02/03 do'konlarning $1 dan qimmat 40 032 pachkasi ($1 201), har do'konga bitta skaner ($1 800) va kassa USB o'quvchisi ($240). Tortish ikki tomondan skanlanadi — mashina ketmasidan farq ko'rinadi.

o'lcham: tortish farqi · kassada chek tezligi
7-BOSQICH · 17–18-HAFTA

Darvoza

$2 250

Har do'kon eshigiga statsionar o'quvchi. Chek bo'lmasa alarm, jurnalga tovar nomi bilan tushadi. Dastur tayyor — hozir ham qo'l skaner «post rejimida» shu ishni qiladi.

o'lcham: ushlangan tovar $ · yolg'on alarm %

Qaysi tovarga teg yopishtiramiz

SAP dagi haqiqiy qoldiq va tannarxdan, 4 ombor
Tannarx ostonasiPachka% pachka % qiymat qamroviTeg narxi
Hammasiga889 609100% 100%$26 688
$0,50 dan qimmat367 55541,3% 95,9%$11 027
$1 dan qimmat  ← tavsiya300 692 33,8%91,6%$9 021
$2 dan qimmat167 84318,9% 76,3%$5 035
$3 dan qimmat116 91013,1% 66,6%$3 507
$5 dan qimmat74 6888,4% 53,4%$2 241

Pachkalarning uchdan biriga teg yopishtirib, ombor qiymatining 91,6% ini nazorat ostiga olamiz. Qolgan 66% pachka — arzon mayda tovar, ularni teglash tegning o'zidan arzonroq turmaydi. Agar sinov yaxshi chiqmasa yoki pul tig'iz bo'lsa, $3 ostonasidan boshlash mumkin: $3 507 ga qiymatning uchdan ikkisi qamraladi.

Byudjet

NimaSoniNarxJami
Qo'l skaner (Android UHF PDA)5 ta (sklad 2 + 3 do'kon) $600$3 000
Stol o'quvchi (prixodda teg bog'lash)1 ta $250$250
Teg printeri (yoki zavoddan kodlangan yorliq)1 ta $1 500$1 500
Kassa USB o'quvchisi3 ta $80$240
Darvoza (statsionar o'quvchi)3 ta $750$2 250
UHF teg — $1 dan qimmat pachkalarga300 692 ta $0,030$9 021
Dasturtayyor$0
JAMI18 hafta $16 261

Taqqoslash uchun: OX System ning 16 pozitsiyali taklifi faqat uskuna uchun $28 162 edi (o'sha jihozlar Alibaba da $15 032), dastur va litsenziya alohida. Bu yerda dastur $0, chunki u allaqachon yozilgan va SAP ga ulangan. Teg — bir martalik emas: har yangi prixodda qayta yopishtiriladi.

Nima o'zgaradi

IshHozirRFID bilan
Sklad inventarizatsiyasiOyiga bir marta, qo'lda, bir necha kun Har kecha, 10–15 daqiqa
Prixod tekshiruviFarrux qo'lda sanaydi, varaq suratga tushadi Skan → zakaz bilan solishtirish → farq darrov
Tortish (sklad → do'kon)Qog'ozda, farq keyin chiqadi Ikki tomondan skan, mashina ketmasdan ko'rinadi
SAP bilan solishtirishQo'lda Excel, oyda bir marta Har 4 soatda avtomat, farq dollarda
Kamomad jarimasiQo'lda hisoblanadi, bahsli Sanoqdan avtomat, tovar kesimida
O'g'irlikKo'rinmaydi Darvoza chekni tekshiradi, jurnal qoladi
«Bu tovar qayerda?»Qidiriladi Geiger rejimi signal bilan topadi